Jizzaxda o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari o‘quvchilari o‘rtasida “Shunqorlar” harbiy-sport musobaqasining mamlakat bosqichi bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim, Sog‘liqni saqlash, Madaniyat vazirliklari, Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasi, “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati, O‘zbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi, Mudofaaga ko‘maklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti hamkorligida tashkil etilgan musobaqada Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridan 14 jamoa ishtirok etdi.

Dastlab ishtirokchilar Jizzax shahridagi Xotira xiyobonida Motamsaro ona haykali poyiga gulchambar qo‘ydi. Jizzax oliy harbiy aviatsiya bilim yurtida vertolyot va samolyot maketlari, o‘quv trenajyorlarida amaliy parvozlarni bajarish, komputerlashtirilgan mashg‘ulot xonalari, kursantlarning ta’lim olishi va dam olishi uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi.

Forish tog‘-dala o‘quv maydonida tashkil etilgan musobaqaning tantanali ochilish marosimida Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrug qo‘mondonligi, viloyat hokimligi, “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati vakillari, Mudofaa vazirligining faxriylar ishlari bo‘yicha markaziy kengashi a’zolari, harbiy xizmatchilar ishtirok etdi. Mamlakatimizda yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishda erishilayotgan samaralar, «Shunqorlar» harbiy-sport musobaqasi akademik litsey va kasb-hunar kollejlari o‘quvchilarini harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ular o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini qaror toptirishga xizmat qilayotgani ta’kidlandi.

Ishtirokchilar safda yurish, harbiy topografiya, harbiy burch hamda harbiy-huquqiy, ijtimoiy-siyosiy bilimlar, kross, turnikda tortilish, granata uloqtirish, to‘siqlar yo‘lagidan o‘tish, avtomatni qismlarga ajratish va yig‘ish, pnevmatik quroldan nishonga otish, xorijiy til bilimdonligi kabi shartlar bo‘yicha bahslashdi.

– Musobaqaga yoshlarning qiziqishi yildan-yilga ortib bormoqda, – deydi hakamlar hay’ati a’zosi podpolkovnik N.Obidov. – Binobarin, uni yoshlarning o‘ziga xos sport bayrami, sport harakatiga aylandi, deyish mumkin. Bu qiziqish barcha jamoalarning musobaqalarga puxta tayyorgarlik bilan kelganida ham namoyon bo‘ldi. Shu bois bellashuvlar qiziqarli va shiddatli o‘tdi.

Birinchi o‘rinni Farg‘ona viloyati Farg‘ona tumanidagi komputer texnologiyalari kasb-hunar kollejining “Jaloliddin Manguberdi” jamoasi egalladi. Ikkinchi o‘rin Samarqand viloyati Tayloq tumanidagi tadbirkorlik va servis kasb-hunar kollejining “Yosh desantchilar”, uchinchi o‘rin Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumanidagi transport va sanoat kasb-hunar kollejining “Sohibqiron” jamoalariga nasib etdi.

– Ushbu musobaqa barchamiz uchun unutilmas voqea bo‘ldi, – deydi Farg‘ona tumanidagi komputer texnologiyalari kasb-hunar kollejining “Jaloliddin Manguberdi” jamoasi sardori T.Qodirov. – Musobaqa doirasida ko‘plab qiziqarli tadbirlarda ishtirok etdik. Tog‘ dala-o‘quv maydonida harbiy xizmatchilarning jangovar hayoti bilan tanishib, ularning yotoqxonalarida yashashimizning o‘zi bizga milliy armiyamiz haqidagi qiziqarli, amaliy dars bo‘ldi.

G‘olib va faol ishtirokchilar musobaqa tashkilotchilarining maxsus sovrinlari, diplom va medallar, faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Jizzaxda “Shunqorlar” harbiy-sport musobaqasi g‘olibi aniqlandi