O‘zA O`zbek

05.06.2018 12:00 Chop etish versiyasi

Ishtirokchilar skretch va tempo guruh poygalarida o‘zaro raqobatlashdi

Poytaxtimizdagi Respublika o‘quv-mashq markazidagi velotrekda O‘zbekiston velosport federatsiyasi tomonidan o‘tkazilgan “Federatsiya Kubogi” turnirida ishtirokchilar skretch va tempo guruh poygalarida o‘zaro raqobatlashdi.

Skretch guruh poygasida g‘oliblar o‘n sakkiz aylanmada aniqlandi. O‘smirlar o‘rtasida o‘tgan Danil Yevdokimov, Aleksey Fomovskiy, Damir Zabirov shohsupaga ko‘tarilgan bo‘lsa, qizlar o‘rtasida Yanina Kuskova, Margarita Misyurina, Sofiya Karimova g‘olib va sovrindorlar qatoridan joy oldi.

Yigirma bir aylanmada kuch sinashgan o‘g‘il bolalar o‘rtasida Arslan Gafarov musobaqa g‘olibiga aylandi. Dmitriy Sirko va Botir Ismatov turnirning kumush va bronza medaliga sazovor bo‘ldi.

Tempo guruh poygasida Nikita Chernov, Marat Sulyayev, Nikita Stenkovoy o‘ttiz aylanada barcha raqiblarini ortda qoldirdi va sovrindorlar safidan joy oldi.

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA
2 053