Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

06.03.2017 15:26 Chop etish versiyasi

Ilk tur durangsiz o‘tdi

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy chempionati oliy ligasining birinchi tur bahslari bo‘lib o‘tdi.

Birinchi turning dastlabki kunida mamlakatimizning amaldagi chempioni "Lokomotiv" safarda "Mash’al"ni (1:0), "Dinamo" "Metallurg"ni (2:0) "Paxtakor" esa o‘z maydonida "Qizilqum"ni (3:1) mag‘lubiyatga uchratgani haqida xabar bergan edik.

Ikkinchi kungi bahslar ham keskin va murosasiz o‘tdi. Buni uchrashuvlarda qayd etilgan natijalardan ham ko‘rish mumkin. "Bunyodkor" o‘z maydonida "So‘g‘diyona"ni qabul qilib, 1:0 hisobida g‘alaba qozondi. 79-daqiqada Doston Hamdamov tomonidan kiritilgan gol poytaxt jamoasiga uch ochko keltirdi.

"Buxoro" va "Olmaliq" jamoalari o‘rtasidagi bahs ham mezbonlarning kichik hisobdagi g‘alabasi bilan yakunlandi. Uchrashuvning 22-daqiqasida Ivan Nagayev "Olmaliq" darvozasiga to‘p kiritib, jamoasining g‘alabasini ta’minladi.

"Nasaf" safarda "Qo‘qon – 1912" jamoasini 2:1 hisobida yengdi. Xuddi shu hisob Namanganda o‘tgan "Navbahor" va "Obod" jamoalari o‘rtasidagi bahsda ham qayd etildi. "Sho‘rtan" va "Neftchi" o‘rtasidagi o‘yin g‘uzorliklar foydasiga hal bo‘ldi – 1:0.

Bayram Aytmurodov, O‘zA
715






Все о погоде - Pogoda.uz