O‘zA O`zbek

10.10.2019 Chop etish versiyasi

“Humo“ yana mag‘lub bo‘ldi (FOTOREPORTAJ)

“Humo“ yana mag‘lub bo‘ldi (FOTOREPORTAJ)

Kecha poytaxtimizdagi “Humo Arena” muzida oliy hokkey ligasining navbatdagi tur o‘yini bo‘lib o‘tdi.

Bu safar Rossiyaning “Sokol” klubi hokkeychilariga qarshi maydonga tushgan hamyurtlarimiz yana mag‘lubiyatga uchradi.

“Humo”-“Sokol” 2-3.

Toshkentda hokkeychilarimiz 4 marta uy uchrashuvlarini o‘tkazdi. Shundan 3 tasida mag‘lubiyat alamini tortishgan bo‘lsa, 1 marta g‘alaba nashidasini surishdi: “Humo”-“Rubin” 1-2, “Humo”-“Yugra” 1-3, “Humo”-“Yermak” 5-1, “Humo”-“Sokol” 2-3.

“Humo“ o‘zining navbatdagi o‘yinini 13 oktabr kuni safarda “Dinamo-Tver“ga qarshi o‘tkazadi.

483
Muhammad AMIN (surat), O‘zA