Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

04.12.2017 16:06 Chop etish versiyasi

Havaskor futbolchilar o‘rtasida musobaqa o‘tkazildi

Poytaxtimizda 3-dekabr – Xalqaro nogironlar kuniga bag‘ishlab paralimpiya sportchilari o‘rtasida mini-futbol bo‘yicha musobaqa o‘tkazildi.

O‘zbekiston paralimpiya assotsiatsiyasi, Ko‘zi ojizlar jamiyati, Iste’mol tovarlari ishlab chiqarish, savdo va xizmat ko‘rsatish tashkilotlari xodimlari kasaba uyushmasi respublika kengashi tomonidan tizimdagi korxona va tashkilotlar xodimlari o‘rtasida sportni ommalashtirish, mehnat jamoalarida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish, bu orqali xodimlar va ularning oila a’zolari salomatligini mustahkamlash maqsadida tashkil etilgan turnirda 8 jamoa bahslashdi.

Musobaqada “Suvsoz” jamoasi g‘olib chiqdi. Ikkinchi o‘rin “DIMAX” jamoasiga nasib qildi, “Master delikatesov” jamoasi esa shohsupaning uchinchi pog‘onasidan joy oldi.

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA
747






Все о погоде - Pogoda.uz