Gulruhbegim mag‘lubiyatsiz dona surmoqda
Poytaxtimizda shaxmat bo‘yicha erkaklar o‘rtasida jahon kubogi va xotin-qizlar o‘rtasida jahon birinchiligida ishtirok etadigan shaxmatchilarni aniqlash bo‘yicha Markaziy Osiyo mamlakatlari mintaqaviy saralash musobaqasi yakuniga yetay deb qoldi.
Poytaxtimizda shaxmat bo‘yicha erkaklar o‘rtasida jahon kubogi va xotin-qizlar o‘rtasida jahon birinchiligida ishtirok etadigan shaxmatchilarni aniqlash bo‘yicha Markaziy Osiyo mamlakatlari mintaqaviy saralash musobaqasi yakuniga yetay deb qoldi.7-turdan so‘ng erkaklar o‘rtasida bo‘lib o‘tayotgan bellashuvlarda Petr Kostenko (Qozog‘iston) va Muhammad Husanxo‘jayev (Tojikiston) bir xil — 5,5 ochko jamg‘argan holda etakchilik qilmoqda. Xotin-qizlar o‘rtasida kechayotgan bahslar ham keskin va murosasiz tus olgan. Hamyurtimiz Gulruhbegim Tohirjonova barcha raqibalaridan ustunligini yaqqol namoyon etayapti. Yana ikki turdan so‘ng poyoniga yetadigan ushbu nufuzli musobaqada Gulruhbegim 7 imkoniyatdan 6,5 ochko to‘plagan holda, yagona peshqadam bo‘lib turibdi.
Musobaqa davom etmoqda.