Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

11.06.2018 15:05 Chop etish versiyasi

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superligasida 15-tur bahslariga start berildi

Turning dastlabki uchrashuvi Namanganda “Navbahor” va “Qo‘qon-1912” jamoalari o‘rtasida o‘tkazildi. O‘yinda Ilhom Boydadayev, Azamat Allaniyozov, Ro‘zimboy Ahmedovlarning gollari “Navbahor”ning 3:0 hisobidagi g‘alabasini ta’minladi.

Bugun “Qizilqum” va “So‘g‘diyona” jamoalari maydonga tushadi.

12-iyun kuni “Neftchi” – “Paxtakor”,“Lokomotiv” – “AGMK”, “Metallurg” – “Nasaf”, “Buxoro” – “Bunyodkor” klublari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tadi.

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA
1 145