Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

18.09.2017 12:51 Chop etish versiyasi

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston chempionati oliy ligasining 21-turi uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi

21-turda “Nasaf” Qarshida “Lokomotiv” (Toshkent) jamoasi bilan kuch sinashdi. Keskin bahslarga boy o‘tgan uchrashuvda “Nasaf” klubi a’zosi Dragan Cheran ikki marotaba “temiryo‘lchilar” darvozasini aniq nishonga oldi va jamoasining 2:0 hisobidagi g‘alabasini ta’minladi.

Toshkentning “Paxtakor” klubi o‘z maydonida “Sho‘rtan” (G‘uzor) ustidan 3:0 hisobida zafar quchgan bo‘lsa, poytaxtning yana bir jamoasi “Bunyodkor” Farg‘onaning “Neftchi” klubini 2:0 hisobida yengdi.

Qo‘qonda “Qo‘qon – 1912” Muborakning “Mash’al” jamoasiga 2:4 hisobida imkoniyatni boy berdi. Namanganning “Navbahor” klubi “Metallurg” (Bekobod)ni 2:1, “Olmaliq” (Olmaliq) esa “Obod” (Toshkent)ni 1:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi. “So‘g‘diyona” (Jizzax) va “Qizilqum” (Navoiy) o‘rtasidagi o‘yin 1:1 hisobida yakunlandi. “Buxoro” (Buxoro) hamda “Dinamo” (Samarqand) uchrashuvida ham hisob ochilmadi.

Javoxir Toshxo‘jayev, O‘zA
975






Все о погоде - Pogoda.uz