Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

02.02.2018 18:14 Chop etish versiyasi

Fotoreportaj: Mahalla sportchilari taqdirlandi

Fotoreportaj: Mahalla sportchilari taqdirlandi Toshkent shahar jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi uyushmagan yoshlar o‘rtasida sportning suzish, armrestling, badminton, futbol, voleybol turi bo‘yicha musobaqa o‘tkazdi.

“Universal sport saroyi”da Toshkent shahar hokimi kubogi uchun o‘tkazilgan musobaqada g‘olib va sovrindor bo‘lgan yoshlarni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Yakkasaroy tumanidagi Boshliq mahallasidan Sobit Alimov suzish, Sirg‘ali tumanidagi Sofdil mahallasidan Farruh Abdug‘afforov armrestling, Yashnobod tumanidagi Uysozlar mahallasidan Aziz Hamidov badminton bo‘yicha g‘oliblik shohsupasiga ko‘tarildi. Futbol bo‘yicha Chilonzor tumani, voleybol bo‘yicha Mirobod tumani jamoalari birinchi o‘rinni egalladi.

3 (1).jpg

5 (1).jpg

11.jpg

Muhammad Amin (surat), O‘zA
4 044