Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

17.04.2017 18:54 Chop etish versiyasi

Final ishtirokchilari ma’lum bo‘ldi

Mamlakatimizda joriy qilingan ta’lim tizimidagi uzluksiz sport o‘yinlari – “Umid nihollari”, “Barkamol avlod” va Universiada musobaqalari yoshlarimizning jismonan va ma’nan yetuk, irodasi baquvvat insonlar bo‘lib ulg‘ayishi, o‘z iqtidor va salohiyatini namoyon etishida muhim omil bo‘lmoqda.

Ayni kunlarda akademik litsey va kasb-hunar kollejlari o‘quvchi-yoshlari Jizzax viloyatida o‘tadigan “Barkamol avlod – 2017” sport musobaqalari final bosqichiga qizg‘in hozirlik ko‘rayotir. Hududlarda terma jamoalar shakllantirilib, sport turlari bo‘yicha saralash bosqichlari o‘tkazilmoqda.

Namangan viloyatida voleybol bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri jamoalari ishtirokida o‘tkazilgan musobaqa ham “Barkamol avlod – 2017” sport o‘yinlarining respublika final bosqichiga saralash vazifasini o‘tadi.

O‘smirlar o‘rtasidagi bahslarda raqiblaridan har tomonlama ustunligini namoyish etgan Qashqadaryo, Navoiy, Andijon va Farg‘ona viloyatlari jamoalari nufuzli sport musobaqasining finalida ishtirok etish imkoniga ega bo‘ldi. Qizlar o‘rtasidagi musobaqalarda Namangan, Andijon, Xorazm va Farg‘ona viloyatlari sportchilari final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

– Saralash bahslariga puxta tayyorgarlik ko‘rdik, – deydi Namangan viloyati terma jamoasi a’zosi Xurshida Ahmadjonova. – Zero, bu musobaqa biz, yoshlarning katta sportga qadam qo‘yishimiz va kelgusida yuksak marralarga erishishimizda muhim maktab vazifasini o‘taydi. Niyatim – mohir sportchi bo‘lib, sport olamining nufuzli musobaqalarida Vatanimiz sharafini munosib himoya qilish.

Bayram Aytmurodov, O‘zA
2 035






Все о погоде - Pogoda.uz