O‘zA O`zbek

04.03.2018 14:56 Chop etish versiyasi

Ertaga qilichbozlikdan Osiyo chempionati sovrindorlari bo‘lib kelayotgan yurtdoshlarimizni kutib olamiz

Ertaga qilichbozlikdan Osiyo chempionati sovrindorlari bo‘lib kelayotgan yurtdoshlarimizni kutib olamiz Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida qilichbozlik bo‘yicha kadetlar va o‘smirlar o‘rtasidagi Osiyo chempionati kadetlarimiz sablya yo‘nalishida kumush va bronza medaliga sazovor bo‘ldi.

Qilichbozlik sportida birinchi marta shohsupaga ko‘tarilgan O‘zbekiston terma jamoasi a’zolarini ertaga, 5 mart kuni Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida kutib olish marosimi o‘tkaziladi.

O‘zbekiston qilichbozlik federatsiyasi barcha OAV xodimlarini mazkur marosimga taklif etadi. Tadbir soat 17:30da boshlanadi.

O‘zbekiston qilichbozlik federatsiyasi matbuot xizmati.


11 193