Poytaxtimizda yengil atletika bo‘yicha o‘tkazilgan O‘zbekiston chempionatida 400 dan ortiq sportchi g‘oliblik uchun o‘zaro bahslashdi.

Chempionatning uzunlikka, balandlikka va uch hatlab sakrash bahslarida Roksana Xudoyorova hamda Nadiya Do‘sanova xotin-qizlar o‘rtasida birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi. Mazkur yo‘nalishlarda erkaklar o‘rtasida Nikita Loginov, Ivan Denisov va Dmitriy Milsitov oltin medalga sazovor bo‘ldi.

Nayza, yadro, disk va bosqon uloqtirish bo‘yicha Nargiza Qo‘chqorova, Olga Gluxovkina, Svetlana Proshkina, Anastasiya Aslanidu, Bobur Shokirjonov, Grigoriy Kamulya, Ivan Markelov va Jalolxon Tillavoldixo‘jayevga teng keladigan topilmadi.

100, 110 va 400 metr masofaga to‘siqlar osha yugurishda Ergash Normurodov, Murod Muhammadrasulov, Aleksandra Yurkevskaya va Natalya Asanova shohsupaning eng yuqori pog‘onasiga ko‘tarildi.

10 kilometrga sportcha yurish bo‘yicha Diana Yafasova hamda Shohrux Salomov marraga birinchi bo‘lib yetib kelgan bo‘lsa, ushbu masofaga yugurishda Roman Shtukan va Yekaterina Tunguskova g‘olib deb topildi.

Shuningdek, turli masofalarga yugurish bahslarida Jaloliddin Hamroqulov, Anvarjon Sarimsoqov, Sardor Baxtiyorov, Siyovush Mahmudov, Mirsaid Buxorov, Sabina Shiriyeva, Farida Soliyeva, Karina Abdullayeva, Sabina Talacheva, Muattar Baratova barcha raqiblarini ortda qoldirib, g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.

Xotin-qizlar o‘rtasidagi yettikurash bahslarida Veronika Shetinina, erkaklar o‘rtasidagi o‘n kurashda Aziz Saidjonov birinchi o‘rinni egalladi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Eng kuchli atletlar bahslashdi