Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

10.04.2017 11:41 Chop etish versiyasi

Durangsiz tur

Durangsiz tur O‘tgan hafta futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy chempionati oliy ligasining beshinchi tur uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi.

Ushbu turdan o‘rin olgan dastlabki ikki o‘yinda kutilmagan natija qayd etilgani haqida avval xabar bergan edik. Mamlakatning amaldagi chempioni va joriy mavsumda hali mag‘lubiyatga uchramagan "Lokomotiv" safarda "Sho‘rtan" klubiga 0:2 hisobida imkoniyatni boy bergan bo‘lsa, "Bunyodkor" jamoasi o‘z maydonida "Qizilqum"ga 0:1 hisobida yengildi.

Buxoroda o‘tgan «Buxoro» – «Neftchi» bahsida mezbonlar muxlislar ishonchini oqladi – 3:0. O‘z maydonida «Metallurg»ni qabul qilgan «Paxtakor» klubi kichik – 1:0 hisobidagi g‘alabani nishonladi. Poytaxt jamoasiga g‘alaba keltirgan golga Jasur Hakimov mualliflik qildi. Xuddi shunday hisob «Navbahor» – «Mash’al», «So‘g‘diyona» – «Obod» va «Olmaliq» – «Nasaf» jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvlarda ham mezbonlar foydasiga qayd etildi.

«Qo‘qon – 1912» o‘z maydonida «Dinamo»ni 2:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi. 14-daqiqada Nosir Otaqo‘ziyev hisobni ochgan bo‘lsa, 48-daqiqada Filip Rayyevats samarqandliklar darvozasiga ikkinchi to‘pni kiritdi. "Dinamo"ning yagona javob to‘piga Sardor Sulaymonov mualliflik qildi.

Bayram Aytmurodov, Muhammad Amin (surat), O‘zA
487






Все о погоде - Pogoda.uz