O‘zA O`zbek

12.07.2019 10:54 Chop etish versiyasi

Denis Istomin bosh sovrinni ko‘zlamoqda

Denis Istomin bosh sovrinni ko‘zlamoqda

AQShning Uinnetka shahrida tennis bo‘yicha sovrin jamg‘armasi 80 ming AQSh dollarini tashkil etuvchi turnirda hamyurtimiz Denis Istomin chorak finalga chiqdi.

Denis kecha tunda musobaqaning 1/8 finali doirasida mezbon tennischi Kollin Altamiranoga qarshi kortga chiqib, 6:3, 6:0 hisobida g‘alaba qozondi.

Mamlakatimizning birinchi raqamli tennischisi D.Istomin bugun yarim final yo‘llanmasi uchun hindistonlik Rajkumar Ramanatanga qarshi kortga chiqadi. Mazkur o‘yin bugun Toshkent vaqti bilan 21:20da o‘tkaziladi.

Javohir TOShXO‘JAEV, O‘zA
523