O‘zA O`zbek

10.07.2019 14:16 Chop etish versiyasi

Denis Istomin AQShdagi yurishini boshladi

Denis Istomin AQShdagi yurishini boshladi

Mamlakatimizning birinchi raqamli tennischisi Denis Istomin AQShda o‘tayotgan “Chellenjer“ musobaqasini g‘alaba bilan boshladi.

Denis turnirdagi ishtirokini ikkinchi davradan boshladi. Unga mazkur bosqichda turkiyalik Aziz Duaz qarshilik ko‘rsatdi. Uch set davom etgan o‘yinda tennischimiz 6:3, 3:6, 6:3 hisobida g‘alaba qozondi.

Endi turnirning 1/8 final bosqichida D.Istomin mezbonlar vakili Kollin Altamiranoga qarshi kortga chiqadi. Ushbu bahs Toshkent vaqti bilan ertaga tunda o‘tkaziladi.

Javohir TOShXO‘JAEV, O‘zA
429