O‘zA O`zbek

03.03.2018 23:38 Chop etish versiyasi

Davronbek Umirov “Bunyodkor”ni mag‘lubiyatdan asrab qoldi

Davronbek Umirov “Bunyodkor”ni mag‘lubiyatdan asrab qoldi O‘zbekiston Superligasi 1-turidan o‘rin olgan “Bunyodkor” hamda AGMK jamoalari o‘rtasidagi bahsda 1:1 hisobi qayd etildi.

Uchrashuvning 36-daqiqasida Suhrobjon Sultonov o‘z jarima maydoni ichida Norbekovga qo‘pollik ishlatib, uni yiqitdi. Oqibatda bosh hakam “Bunyodkor” darvozasiga penalti belgiladi. Bu imkoniyatdan Yovan Jokich aniq foydalandi. Hisob 38-daqiqada ochildi – 0:1.

01.jpg

O‘yinning so‘nggi daqiqalarida zaxiradan maydonga tushgan Davronbek Umirov uzoq masofadan zarba berib, gol kiritdi. “Bunyodkor” mag‘lubiyatdan qutqarib qolindi.

Muhammad Amin(surat), O‘zA
5 458