Futbol bo‘yicha O‘zbekiston kubogining chorak finalida to‘p suradigan jamoalar nomi ma’lum bo‘ldi.

Mamlakat kubogi nimchorak finalining javob uchrashuvlari doirasida "Mash’al" jamoasi "Yozyovon lochinlari" klubini 5:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratib, chorak finalga chiqdi. "Mash’al" safida to‘p surayotgan M.Safarov ikkita, S.Abduraimov, A.Omonov, S.Meliyev bittadan gol kiritib, jamoasining ishonchli g‘alabasini ta’minladi. Dastlabki, o‘yinda muborakliklar 4:0 hisobida zafar quchgan edi.

"Lokomotiv" jamoasi "Qizilqum" bilan 1:1 hisobida durang o‘ynadi, lekin birinchi o‘yinda 5:0 hisobidagi g‘alaba "temiryo‘lchi"larga chorak final yo‘llanmasini taqdim etdi.

"Dinamo", "Neftchi", "Bunyodkor", "Qo‘qon-1912", "Nasaf" va "Buxoro" jamoalari ham chorak finalda ishtirokini davom ettiradigan bo‘ldi.

O‘zbekiston kubogining yarim finaliga chiqish uchun "Lokomotiv" jamoasi "Buxoro" bilan bahslashsa, "Mash’al" klubi "Dinamo"ga qarshi maydonga tushadi. Shuningdek, "Qo‘qon-1912" – "Nasaf", "Neftchi" – "Bunyodkor" jamoalari o‘zaro raqobatlashadi.

Chorak finalning dastlabki uchrashuvlari 30-iyun, javob o‘yinlari 4-iyulda o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Chorak final ishtirokchilari ma’lum