Chempionat g‘olibi talaba bo‘ladi
Poytaxtimizda 1999-2001 yillarda tug‘ilgan qizlar o‘rtasida basketbol bo‘yicha O‘zbekiston chempionati bo‘lib o‘tmoqda.
Poytaxtimizda 1999-2001 yillarda tug‘ilgan qizlar o‘rtasida basketbol bo‘yicha O‘zbekiston chempionati bo‘lib o‘tmoqda.Yarim final uchrashuvlarida namanganlik qizlar jizzaxliklarni, Toshkent shahri vakillari esa nukuslik raqiblarini mag‘lub etdi. Endi finalda Namangan va poytaxtlik basketbolchilar uchrashadi.
Chempionat bahslarida 8 ta jamoa ishtirok etmoqda. G‘olib jamoadan uch nafari imtihonlarsiz oliy o‘quv yurtining jismoniy tarbiya fakulteti talabasi bo‘ladi.