Shu munosabat bilan o‘tkazilgan tadbirda mamlakatimizda jismoniy tarbiya va sportni ommalashtirish, ayniqsa, bolalar sportini rivojlantirishga qaratilayotgan alohida e’tibor yuksak samaralar berayotgani ta’kidlandi.

Sirdaryo viloyati Guliston shahrida zamonaviy yopiq suzish inshooti – Bolalar suv sporti majmuasi foydalanishga topshirildi.

Prezidentimizning 2017 yil 3 iyundagi “Jismoniy tarbiya va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosi doirasida viloyatda yoshlar, ayollar va, ayniqsa, bolalarni sportga jalb etish, ularning sport turlari bilan muntazam shug‘ullanishi uchun zamonaviy sharoitlar yaratish borasida izchil ishlar amalga oshirilmoqda.

Bolalar suv sporti majmuasi Toshkent shahridagi 93-maxsus trest aksiyadorlik jamiyati quruvchilari tomonidan barpo etilib, buning uchun 9 milliard 929 million so‘mlik qurilish-montaj ishlari amalga oshirildi.

– Zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlangan majmuada suv sportining bir necha turi bilan shug‘ullanish imkoniyati mavjud, – deydi 93-maxsus trest aksiyadorlik jamiyati rahbari G‘iyos Abdullayev. – Bolalar uchun shunday inshootlar qurilishida ishtirok etayotganimizdan faxrlanamiz.

Bolalar suv sporti majmuasida 3 suvli va 1 suvsiz (quruq) havza barpo etilgan bo‘lib, asosiy suzish havzasining hajmi 25x11, chuqurligi 1,80 ga 1,70 metr va 4 ta suzish yo‘lakchasidan iborat. Suzishni o‘rganuvchi bolalar uchun hajmi 12x5 metrlik basseyn ham bor. Musobaqalarni kuzatish uchun 140 tomoshabinga mo‘ljallangan o‘rindiq va ommaviy axborot vositalari xodimlari uchun maxsus joy ham nazarda tutilgan.

Suzish zallarining ikkinchi qavatida esa suzish usullarini quruqlikda mashq qilish uchun maxsus zal, ya’ni quruq, suvsiz hovuz ham bunyod etilgan.

Balandlikdan suvga sakrash sport turi uchun alohida zal qurilgan bo‘lib, bu hovuzning hajmi 12x11 metr va yosh sportchilar suvga sakrashi uchun ularga moslab 1,3 va 5 metr balandlikda tramplinlar o‘rnatilgan. Bu yerda ham tomoshabinlar uchun 40 o‘rindiq o‘rnatilgan.

O‘g‘il va qiz bolalar uchun alohida yechinish-kiyinish xonalari, yuvinish xonalari tashkil etilgan.

Yana bir e’tiborli jihati, majmuada nogiron bolalar ham bemalol shug‘ullanishlari uchun barcha sharoit yaratilgan.

Tadbirda Sirdaryo viloyati hokimi G‘.Mirzayev so‘zga chiqdi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bolalar suv sporti majmuasi foydalanishga topshirildi