O‘zA O`zbek

01.06.2018 14:59 Chop etish versiyasi

Bolalar mehr va e’tiborda ulg‘aymoqda

Bolalar mehr va e’tiborda ulg‘aymoqda Poytaxtimizdagi imkoniyati cheklangan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan Respublika o‘rta maxsus, kasb-hunar kolleji sport majmuasida jismoniy imkoniyati cheklangan bolalar o‘rtasida sport o‘yinlari o‘tkazildi.

Musobaqa O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi va qator davlat va jamoat tashkilotlari hamkorligida tashkil qilindi.

– Sog‘liqni saqlash vazirligi tasarrufidagi Muruvvat uylarida mingdan ortiq nogiron bolalar davlat ta’minotiga olingan. Ularning sog‘lig‘ini mustahkamlash va tiklash maqsadida sport musobaqalarining tizimli o‘tkazilishi yaxshi samara beradi, – deydi jismoniy tarbiya va sport vaziri o‘rinbosari Sharifjon Mo‘minjonov. –Bugungi tadbirning Xalqaro bolalar kunida o‘tkazilishi ishtirokchilarga zavq bag‘ishlab, ularni yangi marralar sari chorlamoqda.

Bu yilgi musobaqada Toshkent shahri, Andijon, Buxoro, Qashqadaryo va Farg‘ona viloyatlaridagi Muruvvat uylarida tarbiyalanayotgan 100 ga yaqin o‘g‘il-qiz mini-futbol va estafeta bahslarida ishtirok etdi.

Musobaqaning g‘olib va sovrindorlariga diplom va esdalik sovg‘alari topshirildi. Taniqli xonandalar tomonidan ijro etilgan qo‘shiqlar qalblarga quvonch olib kirdi.

11.jpg

20.jpg

24.jpg


Javohir Toshxo‘jayev, Farhod Abdurasulov (surat), O‘zA
3 261