Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

05.07.2018 10:59 Chop etish versiyasi

Bolalar futboli: Markaziy Osiyo davlatlari yosh futbolchilari jam bo‘lishdi

Bolalar futboli: Markaziy Osiyo davlatlari yosh futbolchilari jam bo‘lishdi
O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi 1-vitse Prezidenti va Markaziy Osiyo futbol assotsiatsiyasi Prezidenti Umid Ahmadjonovning tashabbusi bilan joriy yilning 3-10-iyul kunlari poytaxtimiz birinchi marotaba mintaqa chempionatiga mezbonlik qiladi.

e3bd8fe1-0c37-418e-bf2b-96bf131d4669.jpg

d37d9633-3d46-4f09-ae44-2f64328a1c91.jpg

1785266f-0db8-4f16-823e-34d170775d5d.jpg

16 yoshgacha bo‘lgan futbolchilardan tashkil topgan O‘zbekiston, Tojikiston, Afg‘oniston va Qirg‘iziston terma jamoalari Toshkentdagi “Milliy“ hamda “Lokomotiv” stadionlarida tashkil etilayotgan “CAFA U-16 chempionship” musobaqasida kuch sinashishadi.
Shuningdek, musobaqa davomida Markaziy Osiyodagi kamida “V“ toifaga ega bo‘lgan murabbiylar uchun o‘quv kurslari ham tashkil etiladi. Bu kurslarda Markaziy Osiyo futbol assotsiatsiyasiga a’zo mamlakatlarning ikki nafardan vakili hamda o‘zbekistonlik vakillar ishtirok etishadi. O‘quv kurslarini OFK yo‘riqchisi Islom Ahmedov va OFK texnik qo‘mitasi a’zosi Shavkat Imamovlar olib borishadi.
“Markaziy Osiyo murabbiylari uchun bu kabi o‘quv kurslari O‘zbekistonda birinchi marta tashkil qilinmoqda. Bundan maqsad, nafaqat O‘zbekistonda, balki mintaqada futbolning rivojlanishiga hissa qo‘shish, murabbiylar malakasini oshirish, futbol rivojini yangi bosqichga olib chiqishdan iborat. Ishonchim komilki, bu kabi sa’y-harakatlar albatta o‘z samarasini beradi“, - deydi Markaziy Osiyo futbol assotsiatsiyasi Prezidenti va O‘FA birinchi vitse-prezidenti Umid Ahmadjonov.
Mazkur sport tadbirida qatnashuvchi barcha terma jamoalar Toshkentga yetib kelishdi. Ularni Islom Karimov nomidagi xalqaro aeroportda O‘FA mutaxassislari hamda bir guruh futbol muxlislari kutib olishdi.

O‘yinlar taqvimi:
5-iyul
17:00. “Milliy” stadion. Afg‘oniston – O‘zbekiston 
20:00 . “Milliy” stadion. Qirg‘iziston – Tojikiston

7-iyul
17:00. “Milliy” stadion. O‘zbekiston – Qirg‘iziston
20:00. “Milliy” stadion. Tojikiston – Afg‘oniston

9-iyul
16:45. “Lokomotiv” stadioni. Tojikiston – O‘zbekiston
20:30. “Lokomotiv” stadioni. Afg‘oniston – Qirg‘iziston.

O‘smirlar terma jamoasi bosh murabbiyi Usmon Toshev terma jamoaga nomzod futbolchilar bilan o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini o‘tkazdi. Yig‘inga esa quyidagi nomzodlar jalb etildi:

Darvozabonlar: Mo‘minmirzo Qodirov (“Bunyodkor”, Shukron Yo‘ldoshev, Hamidillo Abdunabiyev (ikkalasi ham “Paxtakor”dan).

Himoyachilar: Sardor Abdurashidxo‘jayev, Xurshid Ubaydullayev, Muhammadyusuf Nosirov (barchasi “Bunyodkor”dan), Alibek Davronov (“Nasaf”), Doniyor Sobirov, Fozil Pirimqulov (ikkalasi ham “Paxtakor”dan).

Yarim himoyachilar: Abdurauf Bo‘riyev, Diyorbek Rahimkulov, Jasurbek Jaloliddinov, Jaloliddin Sodiqov, Mironshoh Sattorov, Farruh Hojibekov, Javohir Ro‘ziyev (barchasi “Bunyodkor”dan), Diyor Xolmatov, Abror Sarimsoqov, Qo‘shnazar Qo‘shnazarov (uchalasi ham “Paxtakor”dan).

Hujumchilar: Temur Mamasiddiqov, Igor Chekrizov, Ruslan Ro‘ziyev (uchalasi ham “Paxtakor”dan), Farruhbek Muxtorov (“Bunyodkor”), Xusayn Norchayev (“Nasaf”), 
Habibullo Matyoqubov (“Xorazm”).

Oybek Yunusov, O'zA
3 078