Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

06.11.2017 11:34 Chop etish versiyasi

Bokschimiz Yodgoroy Mirzayeva raqibini 5:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi

O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Yodgoroy Mirzayeva Vyetnamda xotin-qizlar o‘rtasida o‘tayotgan Osiyo chempionatida muvaffaqiyatli qatnashmoqda.

Yodgoroy vazni 57 kilogrammgacha bo‘lgan bokschilar o‘rtasidagi chorak final bahsida Janubiy Koreya vakili Ko Xyun-Yungga qarshi ringga ko‘tarildi. Bokschimiz raqibini 5:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA
6 187