Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

05.04.2017 11:47 Chop etish versiyasi

Bokschilarimiz "Qirol kubogi – 2017" xalqaro turnirini muvaffaqiyatli boshladi

Boks bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi Tailand poytaxti Bangkok shahrida o‘tkazilayotgan "Qirol kubogi – 2017" xalqaro turnirini muvaffaqiyatli boshladi.

Dunyoning yigirmaga yaqin davlatidan kelgan charm qo‘lqop ustalari g‘oliblik uchun ringga ko‘tarilmoqda.

"Qirol kubogi – 2017" turnirining dastlabki bahsida Jasur Latipov nepallik Prem Chaudxarini, Shahram G‘iyosov mo‘g‘ulistonlik Byamba Tushinbatni, Isroil Madrimov tailandlik Yutxapong Skadonni mag‘lubiyatga uchratib, ikkinchi bosqichga yo‘l oldi. Musobaqada ishtirok etayotgan Hasanboy Do‘smatov, Shahobiddin Zoirov, Murodjon Ahmadaliyev, Elnur Abduraimov bellashuvlarga ikkinchi bosqichdan qo‘shiladi.

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA
921






Все о погоде - Pogoda.uz