Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

16.03.2017 14:45 Chop etish versiyasi

Bokschilarimiz musobaqani muvaffaqiyatli boshladi

Boks bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari Boku shahrida o‘tkazilayotgan an’anaviy "Buyuk ipak yo‘li – 2017" xalqaro turnirini muvaffaqiyatli boshladi.

91 kilogramm vazn toifasida Sardor Begaliyev dastlabki jangini rossiyalik Magomedmurod Arslanbekovga qarshi o‘tkazdi. Keskin va murosasiz o‘tgan bellashuvda bokschimiz raqibini mag‘lubiyatga uchratdi.

Vazni 64 kilogramm bo‘lgan charm qo‘lqop ustalari bahsida Iqboljon Xoldorov qozog‘istonlik Ayan Kalibekov ustidan yirik hisobda zafar quchgan bo‘lsa, 49 kilogramm vazn toifasida ringga ko‘tarilgan Mironshoh Ibragimov mezbon bokschi Yodgor Aliyev ustidan g‘alaba qozondi.

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA
536






Все о погоде - Pogoda.uz