Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

04.04.2017 12:18 Chop etish versiyasi

Beshkurash musobaqasi g‘oliblari aniqlandi

Beshkurash musobaqasi g‘oliblari aniqlandi Poytaxtimizda zamonaviy beshkurash bo‘yicha birinchi O‘zbekiston chempionati bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasi hamda mamlakatimiz zamonaviy beshkurash federatsiyasi tomonidan mazkur sport turini ommalashtirish maqsadida tashkil etilgan chempionatda yigirmadan ziyod sportchi g‘oliblik uchun raqobatlashdi.

Ot sporti, qilichbozlik, o‘q otish, suzish va yugurish bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada Ruslan Proxorov oltin medalni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, Ruslan Mamatqulov kumush va Yelizaveta Karajan bronza medaliga sazovor bo‘ldi.

​Javohir Toshxo‘jayev, Muhammad Amin (surat), O‘zA
1 279






Все о погоде - Pogoda.uz