Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

07.04.2017 14:40 Chop etish versiyasi

Beshinchi tur kutilmagan natija bilan boshlandi

Beshinchi tur kutilmagan natija bilan boshlandi Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy chempionati oliy ligasining beshinchi turidan joy olgan dastlabki ikkita uchrashuvda kutilmagan natijalar qayd etildi.

Mamlakatning amaldagi chempioni va joriy mavsumda biron marta mag‘lubiyatga uchramagan "Lokomotiv" safarda "Sho‘rtan" mehmoni bo‘lib, 0:2 hisobida imkoniyatni boy berdi. G‘uzorliklar safida to‘p surayotgan Umarbek Eshmurodov 17-daqiqada hisobni ochgan bo‘lsa, Igor Taran 78-daqiqada poytaxtliklar darvozasiga ikkinchi to‘pni kiritib, jamoasining ishonchli g‘alabasini ta’minladi.

"Bunyodkor" jamoasi o‘z maydonida "Qizilqum"ni qabul qildi. Keskin va murosasiz uchrashuvda "Qizilqum" vakillari mezbonlarni 1:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi. Jamoaga g‘alaba keltirgan yagona golga Ilhom Yunusov mualliflik qildi.

Beshinchi turning qolgan uchrashuvlarida «Qo‘qon – 1912» – «Dinamo», «Navbahor» – «Mash’al», «Paxtakor» – «Metallurg», «So‘g‘diyona» – «Obod», «Buxoro» – «Neftchi», «Olmaliq» – «Nasaf» jamoalari o‘zaro bahslashadi.

Bayram Aytmurodov, Muhammad Amin (surat), O‘zA
961






Все о погоде - Pogoda.uz