O‘zA O`zbek

07.03.2018 08:40 Chop etish versiyasi

Ayollar spartakiadasi

Ayollar spartakiadasi Farg‘onada Xalqaro xotin-qizlar kuni bayramiga bag‘ishlangan ayollar spartakiadasi bo‘lib o‘tdi. Unda shahar va tumanlardan kelgan ishtirokchilar yengil atletika, voleybol, stol tennisi, suzish kabi sport turlari bo‘yicha bahslashdi.

Tadbirda xotin-qizlar o‘rtasida sportni ommalashtirish, ularni jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish, ayol murabbiyalar safini kengaytirishga alohida e’tibor qaratilayotgani ta’kidlandi. Zero, xotin-qizlarni sportga jalb etish nafaqat ular salomatligida, balki kelajakda farzandlari sog‘lom bo‘lib tug‘ilishi va ulg‘ayishida muhim ahamiyatga ega.

5.JPG

Ayollar spartakiadasi, "Gimnastika barcha uchun", "Nafosat olami" ayollar sport festivallari uy bekalari, korxona va tashkilotlarda faoliyat yuritayotgan ayollarning sportga bo‘lgan qiziqishini oshirmoqda.

4.JPG

Tanlov yakunlariga ko‘ra, musobaqada sportning voleybol turi bo‘yicha umumjamoa hisobida Qo‘shtepa tumani, stretbol turida esa Marg‘ilon shahri jamoalari birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi. Suzish bo‘yicha 18-30 yoshlilar o‘rtasida O‘g‘iloy Teshaboyeva va 30-50 yoshlilar o‘rtasida Shahnoza Mamajonova peshqadam bo‘ldi. Shuningdek, yengil atletika bo‘yicha 18-30 yoshlilar o‘rtasida Mavluda Salimova va 30-50 yoshlilar o‘rtasida Havasxon Ergasheva g‘olib bo‘lgan bo‘lsa, stol tennisi turida Marhaboxon Murodova g‘alaba qozondi.

Musobaqa g‘olib va sovrindorlari diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Ma’sudjon Sulaymonov, Muqimjon Qodirov (surat), O‘zA
6 330