Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

15.03.2017 13:14 Chop etish versiyasi

Aniqlik, tezlik va shijoat bahsi

Qarshi shahrida o‘smirlar va qizlar o‘rtasida yengil atletika bo‘yicha o‘tkazilgan O‘zbekiston chempionatida uch yuzga yaqin sportchi qatnashdi.

Mamlakatimiz yengil atletika federatsiyasi tomonidan tashkil etilgan chempionatning turli masofalarga yugurish bahslarida Oskar Quchmurodov, Dilshod Boboqulov, Fayzullo Po‘latxo‘jayev, Mamurshoh Mamatazimov, Raisa Quchmurodova, Alina Kogan, Dilbar Abdulhamidova, Husnida Ahmedova birinchi o‘rinni egalladi.

Uzunlikka, balandlikka va uch hatlab sakrash bahslarida Nigina Isoyeva va Zebo Jumabekova oltin medalni qo‘lga kiritdi. O‘g‘il bolalar o‘rtasida Rahmatillo Rahmatillayev, Asatbek Sulaymonov va Diyor Mansurjonov g‘olib, deb topildi.

Yadro uloqtirishda Mehroj Mamatqulov va Fariza Abduvaliyeva shohsupaning eng yuqori pog‘onasiga ko‘tarilgan bo‘lsa, 60 metrga to‘siqlar osha yugurishda Doniyor Mansurjonov va Shahribonu G‘ofurjonova marra chizig‘ini birinchi bo‘lib bosib o‘tdi.

Chempionatning oltikurash bellashuvlarida Azamat Taurov, beshkurash bahslarida esa Shahribonu G‘ofurjonova zafar quchdi.

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA
1 847






Все о погоде - Pogoda.uz