O‘zA O`zbek

06.04.2018 21:48 Chop etish versiyasi

“Andijanka” jamoasi peshqadam

“Andijanka” jamoasi peshqadam Ayollar futbol jamoalari o‘rtasida oliy liga XXIV-O‘zbekiston milliy chempionati musobaqalari davom etmoqda.

Musobaqada 14 jamoa ishtirok etayotir. O‘tkazilgan ikki tur natijalariga ko‘ra, Andijonning “Andijanka” jamoasi peshqadam bo‘lib turibdi. Birinchi turda buxoroliklar mehmoni bo‘lgan jamoa raqib darvozasiga ikkita to‘p yo‘llab, g‘alaba nashidasini surdi. Ikkinchi turda ham “Andijanka”ga omad kulib boqdi. Navoiyning “Qizilqum W” klubi uning 4 ta goliga bironta ham javob qaytara olmadi. Shunday qilib, “Andijanka” jamoasi mehmonda 6 ochko olib qaytdi va guruh peshqadamiga aylandi.

6.jpg

8.jpg

Olmaliqning “AGMK W” jamoasi ham 6 ochko to‘plagan. Ammo ular o‘z darvozalaridan bitta to‘p o‘tkazib yuborgani bois, ikkinchi bo‘lib turibdi. Keyingi o‘rinda borayotgan Namanganning “Navbahor W” qizlarida 3 ochko bor. Ammo ular bitta uchrashuv kam o‘tkazishgan.

12.jpg

13.jpg


Muhammad Amin (surat), O‘zA
7 730