O‘zbekiston mudofaasiga ko‘maklashuvchi «Vatanparvar» tashkiloti shafeligida o‘tkazilgan texnik va amaliy sport turlari bo‘yicha musobaqalar natijasi bo‘yicha shunday xulosaga kelish mumkin.

Bellashuvlarning ikkinchi kuni motokross poygalari, shuningdek, to‘pponcha va pnevmatik miltiqdan o‘q otish, kord aviamodellari bo‘yicha musobaqalar bo‘lib o‘tdi.

125 kub santimetrgacha bo‘lgan mototsikllar toifasida 18 yoshdan kichik o‘smirlar o‘rtasida buxorolik Baxtiyor Ahmedov birinchi, navoiylik Doston Xushvaqtov ikkinchi, andijonlik Ibrohim Adhamov uchinchi o‘rinlarni egalladi. Shu toifaning 18 yoshdan katta ishtirokchilari o‘rtasida kuchli uchlikdan Denis Persev, Shavkat Sulaymonov (har ikkalasi Toshkent viloyatidan), Sergey Baranukov (Navoiy viloyati) joy oldi.

Amaliy sport turlariga qiziqish ortmoqda

500 kub santimetrgacha bo‘lgan mototsikllar toifasida Andrey Sazonov (Toshkent viloyati) g‘olib bo‘ldi, buxorolik Behzod Halimboyev marraga ikkinchi bo‘lib yetib keldi, bronza medalni poytaxtlik Sergey Davlatyorov qo‘lga kiritdi.

Umumjamoa hisobida Toshkent viloyati sportchilari birinchi, Navoiy viloyati ikkinchi va Buxoro viloyati sportchilari uchinchi o‘rinni egalladi.

Qizlar o‘rtasida to‘pponchadan o‘q otish musobaqasida mohir mergan, qashqadaryolik Komila Ravshanbekovaga teng keladigani topilmadi. Namanganlik Komila Ishoqova ikkinchi va Toshkent viloyati vakili Bonu Tillaberdiyeva uchinchi o‘ringa sazovor bo‘ldi.

O‘smirlar o‘rtasida to‘pponchadan o‘q otish bo‘yicha bellashuvda samarqandlik Rifat Girfonov g‘alabani qo‘lga kiritdi. Toshkent viloyatidan Abdurahmon Anorboyev ikkinchi, namanganlik Saidbek Karimov uchinchi o‘rinni egalladi.

Qizlar o‘rtasida pnevmatik miltiqdan o‘q otish musobaqasida Zaynab Pardaboyeva (Toshkent viloyati) birinchi, Natalya Slastena (Surxondaryo viloyati) ikkinchi, Olima Komilova (Xorazm viloyati) uchinchi o‘ringa munosib topildi.

O‘smirlar o‘rtasida pnevmatik miltiqdan o‘q otish bo‘yicha andijonlik Vadim Karavanov zafar quchdi. Toshkent viloyatidan Suhrob Mirzajonov ikkinchi, namanganlik Abduhalil Abduvohidov uchinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.

Jamoaviy bahslarda Toshkent viloyati merganlariga omad kulib boqdi. Andijon va Namangan viloyatlari jamoalariga tegishlicha keyingi o‘rinlar nasib etdi.

18 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlar o‘rtasidagi model-nusxa toifasidagi kord aviamodellari musobaqalarida Muhriddin Qodirov, Damir Mutalapov va Alyor Yo‘lbarsov kuchli uchlikdan joy oldi. 18 yoshdan kattalar o‘rtasidagi bellashuvlarda esa g‘oliblar uchligini Elbek Eshnazarov, Mahmud Olimxo‘jayev va Abdumutal Yo‘ldoshev tashkil etdi.

18 yoshgacha bo‘lgan pilotaj modellar toifasida Azizullo Komiljonov (Toshkent) zafar quchdi, ikkinchi o‘ringa Nodir Abdullayev (Farg‘ona), uchinchi o‘ringa Alsu Safina (Samarqand) munosib topildi. Xuddi shu toifaning kattalar o‘rtasidagi bellashuvlarida Vadim Vasilev (Toshkent) birinchi, Laziza G‘afforova (Farg‘ona) ikkinchi va Shavkat Mirzabahromov (Andijon) uchinchi o‘rinni egalladi.

Kord aviamodellari bo‘yicha jamoaviy bahslarda Farg‘ona viloyati jamoasi birinchi, Andijon viloyati jamoasi ikkinchi hamda Toshkent shahri jamoasi uchinchi o‘ringa loyiq topildi.

Modellashtirish bo‘yicha murabbiy Dmitriy Beloglazovning aytishicha, eng yuqori natijani Farg‘ona viloyati sportchilari ko‘rsatdi, Andijon viloyati sportchilari ham yaxshi natijalarni qo‘lga kiritdi. Yakkalik bahslarida xonaki modellar bo‘yicha kattalar razryadida chiqish qilgan va sovrinli o‘ringa da’vogarlik qilgan poytaxtlik 15 yoshli Sevinch Sultonova murabbiylarda katta taassurot qoldirdi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ