O‘zA O`zbek

11.05.2019 15:38 Chop etish versiyasi

AGMK noxush anʼanaga barham bera oladimi?!

AGMK noxush anʼanaga barham bera oladimi?!

Bugun Oʻzbekiston superligasida 8-turning yana ikki uchrashuvi oʻtkaziladi.

Samarqandda “Dinamo” jamoasi Olmaliqning AGMK klubini qabul qiladi. Joriy mavsumda “dinamo”chilar hozircha oʻz uyida yutqazgani yoʻq – ikki gʻalaba va ikki durang. Mirjalol Qosimov shogirdlari esa shu kungacha safarda oʻtkazilgan oʻyinlarning barchasida magʻlubiyatga uchragan. Koʻraylikchi, bugun AGMK klubi oʻzi uchun noxush anʼanaga barham bera olarmikan?!

8-turning markaziy oʻyini “Paxtakor” stadionida mezbonlar va “Navbahor” klublari oʻrtasida boʻlib oʻtadi. Bu ikki klub Oʻzbekiston chempionatiga asos solinganidan buyon unda uzluksiz ishtirok etib kelmoqda. Ushbu mavsumda “sherlar” magʻlubiyatga uchramagan yagona jamoa boʻlib turibdi. “Paxtakor” oʻz maydonida oʻtkazilgan 4ta uchrashuvning barchasida gʻalaba qozondi. Ammo, Shota Arveladze shogirdlari hozirgacha “Navbahor”dek jiddiy raqib bilan toʻqnash kelmagan edi. Shunday ekan, bugun muxlislar qizgʻin, murosasiz va tomoshabop futbolga guvoh boʻlishini taxmin qilish mumkin.

Ertaga Oʻzbekiston superligasida 8-turning qolgan uchta oʻyini oʻtkaziladi. Ularda “Bunyodkor” – “Qoʻqon-1912”, “Surxon” – “Buxoro” hamda “Metallurg” – “Lokomotiv” oʻzaro kuch sinashadi.

photo5382320120925367407.jpg

photo5382320120925367406.jpg

OʻzA
2 630