Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

02.10.2017 12:14 Chop etish versiyasi

“AGMK” jamoasi muvaffaqiyat qozondi

“AGMK” jamoasi muvaffaqiyat qozondi Poytaxtimizdagi "O‘zbekiston" sport majmuasida gandbol bo‘yicha xotin-qizlar o‘rtasida Osiyo chempionlar ligasi musobaqasida “AGMK” jamoasi muvaffaqiyat qozondi.

Musobaqada O‘zbekiston, Eron, Qozog‘iston va Hindiston jamoalari g‘oliblik uchun o‘zaro bahslashdi.

Osiyo chempionlar ligasining guruh bosqichida “AGMK” jamoasi Qozog‘istonning “ILE” klubi bilan 36:36 hisobida durang o‘ynadi. Hindistonning “India” jamoasini 45:27, “Uzbechka” klubini 44:27, Qozog‘istonning “Almaty” jamoasini 23:22 va Eronning “Larestan” klubini 30:20 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.

Shu tariqa “AGMK” jamoasi guruhda 9 ochko bilan birinchi pog‘onadan joy olgan bo‘lsa, “ILE” hamda “Almaty” klublari ikkinchi va uchinchi o‘rinlarni egalladi.

Javohir Toshxo‘jayev, Muhammad Amin (surat), O‘zA
2 080






Все о погоде - Pogoda.uz