Sport

Sport xabarlari

O‘zA , 27.01.2012 16:17

Tennis. Ummonda tennis bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasidagi “Oman International Junior – 2012” xalqaro turnirida juftlik bellashuvlarida finalga chiqqan tennischilar aniqlandi.

Germaniyalik Aleksandr Zverev bilan hamkorlikda o‘ynayotgan iste’dodli yosh tennischimiz Anton Jamolov yarim finalda birinchi raqamda saralangan juftlik – kiprlik Xristos Xadjijeorjiu va Konstantinos Iliyani 6:4, 6:3 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi. Endi Anton Jamolov va Aleksandr Zverev final uchrashuvida belgiyalik Maykl Girs va kiprlik Sergis Kiratsis duetiga qarshi kortga chiqadi.

***

Futbol. Yangi futbol mavsumiga puxta tayyorgarlik ko‘rish maqsadida Birlashgan Arab Amirliklarida o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini o‘tkazayotgan G‘uzorning “Sho‘rtan” jamoasi navbatdagi o‘rtoqlik uchrashuvida Rossiya chempioni – Sankt-Peterburgning “Zenit” jamoasiga qarshi maydonga tushdi.

G‘uzorlik charm to‘p ustalari yaqinda Dubayda tashkil etilgan futbol bo‘yicha “Dubai Matchworld Cup – 2012” xalqaro turnirida g‘olib chiqqan “Zenit” futbolchilarini 2:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi. “Sho‘rtan”ga g‘alaba keltirgan gollar Viktor Klishin va Humoyun Murtazoyev hisobiga yozildi.

So‘nggi yangiliklar:

Sud-huquq islohotlari – mamlakatni yangilash va modernizatsiya qilish jarayonining tarkibiy qismi

Yaxshi qo‘shiq – ijodiy hamkorlik mevasi

Oliy sudda uchrashuv

“Nafis”ning nafosatli qizlari

Ilg‘or pedagogik texnologiyalar asosida

Reklama

Курс валют (ЦБ) на сегодня:

Reklama