Sport

“O‘zbektelekom” – peshqadam

O‘zA, Bayram Aytmurodov, 26.01.2012 19:14

Poytaxtimizda voleybol bo‘yicha erkaklar o‘rtasida O‘zbekiston chempionatining birinchi tur o‘yinlari yakunlandi. Chempionatda oltita eng kuchli jamoa g‘oliblik uchun kuch sinashmoqda.

Musobaqa qoidasiga ko‘ra, jamoalar har bir o‘yinda 3:0 yoki 3:1 hisobida g‘alaba qozonsa, uch ochkoga ega bo‘ladi. Agar jamoa raqibini 3:2 hisobida yengsa, ikki ochkoni qo‘lga kiritadi. Aynan shu hisobda yutqazgan jamoaga esa bir ochko beriladi.

Mamlakatimizning ko‘p karra chempioni – Samarqandning “O‘zbektelekom” jamoasi Urganch davlat universiteti va “Dinamo-Parvoz” (Namangan) vakillarini 3:0, “OTMK” (Olmaliq), Yujanin (Navoiy) va “Moliyachi” (Toshkent) jamoalarini 3:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratib, 15 ochko jamg‘argan holda musobaqa peshqadamiga aylandi.

“Moliyachi”, “Dinamo-Parvoz” va Urganch davlat universiteti voleybolchilarini mag‘lubiyatga uchratib, “O‘zbektelekom” va “OTMK”dan yengilgan Navoiyning “Yujanin” jamoasi 10 ochko bilan ikkinchi o‘rinni band etgan bo‘lsa, uchta g‘alaba va bir mag‘lubiyat bilan 9 ochkoga ega bo‘lgan Olmaliqning “OTMK” jamoasi uchinchi o‘rinda.

O‘zbekiston chempionatining ikkinchi turi fevral oyida Samarqandda, uchinchi tur o‘yinlari mart oyida Namangan viloyatida o‘tkaziladi.

So‘nggi yangiliklar:

Sud-huquq islohotlari – mamlakatni yangilash va modernizatsiya qilish jarayonining tarkibiy qismi

Yaxshi qo‘shiq – ijodiy hamkorlik mevasi

Oliy sudda uchrashuv

“Nafis”ning nafosatli qizlari

Ilg‘or pedagogik texnologiyalar asosida

Reklama

Курс валют (ЦБ) на сегодня:

Reklama