![]() |
O‘zb Рус Eng Fra Deu العربية 中文 |
| Siyosat Iqtisodiyot Jamiyat Texnologiyalar Madaniyat Sport Hujjatlar Foto Xorij xabarlari Ob-havo Valyutalar |
|
“Buxoro” oliy ligani ko‘zlamoqdaO‘zA, Z.Toshxo‘jayev, 09.09.2010 18:19 Futbol bo‘yicha O‘zbekiston XIX milliy chempionati birinchi ligasining ikkinchi bosqichida oliy liga yo‘llanmalari uchun kurashayotgan jamoalar tobora saralanib bormoqda. Musobaqada peshqadamlik qilayotgan “Buxoro” jamoasining oliy ligaga chiqish imkoniyati turdan-turga oshib boryapti. Bu gal buxorolik charm to‘p ustalari poytaxtda “NBU-Osiyo” jamoasi mehmoni bo‘lib, A.Jo‘rayevning bir juft goli evaziga 2:0 hisobida zafar quchdi. “Buxoro” 50 ochko bilan peshqadamlik mavqeini yanada mustahkamlab oldi. O‘ttiz sakkiz ochko bilan ikkinchi o‘rinni egallab turgan “So‘g‘diyona” (Jizzax) esa safar uchrashuvida yana mag‘lubiyatga uchradi. Bu gal poytaxtning “Oqtepa” jamoasi jizzaxliklardan uch ochko oldi. Mezbonlarga g‘alaba keltirgan golga V.Gavrilov mualliflik qildi. “Oqtepa”ning g‘alabasi poytaxtning boshqa vakili – “Lokomotiv-BFK” jamoasiga qo‘l keldi. O‘z maydonida “Dinamo-G‘allakor”ni (G‘allaorol) 1:0 hisobida yenggan toshkentlik charm to‘p ustalari “So‘g‘diyona” bilan ochkolar o‘rtasidagi farqni ikkitagacha qisqartirdi va oliy liganing ikkinchi yo‘llanmasi uchun kurashish imkoniyatiga ega bo‘ldi. Oltinchi turning qolgan uchrashuvlarida quyidagi natijalar qayd etildi: “Spartak” (Toshkent) – “Xiva” (Xiva) 1:2, “Do‘rmon-Sport” (Qibray) – “Zarafshon-NSZ” (Navoiy) 1:2, “Imkon-Oltiariq” (Oltiariq) – “Guliston” (Guliston) 1:0, “Chust-Paxtakor” (Chust) – “Sho‘rchi-Lochin” (Sho‘rchi) 1:1, “Kosonsoy” (Kosonsoy) – “Mash’al-Akademiya” (Muborak) 2:0. So‘nggi yangiliklar: Barkamol avlod – mamlakatimizning mustahkam tayanchi |
Reklama Reklama |
| © O‘zA. Sayt materiallaridan foydalanganda manba ko‘rsatilishi shart.
O‘zA haqida | Mahsulotlar va xizmatlar | Obuna | Bog‘lanish Axborotdan foydalanish shartlari | Saytda reklama joylashtirish |