Sport

Jahon chempionati boshlandi

O‘zA, Z.Toshxo‘jayev, 09.09.2010 17:49

Tokio shahrida dzyudo bo‘yicha erkaklar va xotin-qizlar o‘rtasida boshlangan jahon chempionatida dunyoning 111 mamlakatidan kelgan jami 848 nafar dzyudochi chempionat medallari va 2012 yili Londonda bo‘ladigan yozgi Olimpiya o‘yinlarida ishtirok etish huquqini beradigan reyting ochkolari uchun kuch sinashmoqda.

Jahon chempionatida mamlakatimiz sharafini o‘n uch nafar sportchi himoya qilmoqda. O‘zbekiston terma jamoasi tarkibiga Pekin Olimpiadasining kumush va bronza medali sohiblari – Abdulla Tangriyev, Rishod Sobirov, jahon chempionati bronza medali sovrindori Dilshod Choriyev, xalqaro turnirlar g‘olib va sovrindorlari – O‘tkir Qurbonov, Ramziddin Saidov, Mirali Sharipov, Shokir Mo‘minov, Xurshid Nabiyev kabi tajribali dzyudochilar bilan bir qatorda Zafar Arslonov, Gabit Yesimbetov, Mirzohid Farmonov, Navro‘z Jo‘raqobilov, Ulug‘bek Norqobilov singari umidli yoshlar ham jalb qilingan.

Musobaqaning dastlabki bellashuvlari og‘ir vaznli dzyudochilar o‘rtasida o‘tkazilmoqda. Og‘irligi yuz kilogrammgacha bo‘lgan sportchilar bahsida qatnashayotgan O‘tkir Qurbonov bronza medal uchun kurashish huquqini qo‘lga kiritdi. Iste’dodli polvonimiz saralash uchrashuvlarida Amerika Samoasidan kelgan Sebastyan Maybir, gruziyalik Levan Jorjoliani, misrlik Ramazon Darvish ustidan g‘alaba qozondi.

Jahon chempionatining to‘rtinchi uchrashuvida O‘.Qurbonov mo‘g‘ulistonlik Tuvshinbayar Naydanga kichik hisobda imkoniyatni boy bergan bo‘lsa-da, dastlabki uchta g‘alabasi evaziga uchinchi o‘rin uchun kurashish imkoniyatini saqlab qoldi. Hamyurtimiz bronza medal uchun bo‘ladigan bahsda Kuba vakili Oraydi Despagne bilan raqobatlashadi.

Jahon chempionati 13 sentabrgacha davom etadi.

So‘nggi yangiliklar:

Boshlang‘ich tashkilotlarning muhim vazifalari

O‘g‘lonlar xizmatga otlandi

Majmua yoshlar bilan gavjum

Loydan mo‘jiza yaratish san’ati

San’atsevar bolalar

Reklama

Курс валют (ЦБ) на сегодня:

Reklama