Sport

Yangi sport majmuasi

O‘zA, B.Aytmurodov, 09.09.2010 17:46

Abdulla Qodiriy nomidagi Toshkent davlat madaniyat institutida yangi sport majmuasi foydalanishga topshirildi.

Majmuaning ochilishida Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida yosh avlodni barkamol insonlar etib tarbiyalash, ular o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini qaror toptirish, yoshlarning jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shug‘ullanishi uchun zarur sharoit yaratish borasida keng qamrovli ishlar amalga oshirilayotgani ta’kidlandi.

O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi Bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasi Toshkent shahar filiali tomonidan qurilgan mazkur majmuada 500 nafardan ziyod o‘g‘il-qiz sportning mini-futbol, voleybol, basketbol, kurash, og‘ir atletika va gimnastika kabi ko‘plab turlari bilan muntazam shug‘ullanish imkoniyatiga ega.

Bu yerda zarur inventarlar bilan ta’minlangan sport va trenajyor zali, basketbol maydoni, kiyinish va tibbiyot xonalari mavjud. Majmuada yaqin atrofdagi maktab o‘quvchilari va mahalla bolalari ham jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanishi mumkin.

– Yangi sport majmuasi biz, talabalarning sport bilan muntazam shug‘ullanishimiz va salomatligimizni mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etadi, – deydi mazkur institut talabasi, shotokan karate bo‘yicha ko‘p karra O‘zbekiston chempioni Dildora A’zamova. – Bu mamlakatimizda biz, yoshlarning porloq kelajagini o‘ylab amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli ishlarning amaldagi ifodasidir.

So‘nggi yangiliklar:

Barkamol avlod – mamlakatimizning mustahkam tayanchi

Boshlang‘ich tashkilotlarning muhim vazifalari

O‘g‘lonlar xizmatga otlandi

Majmua yoshlar bilan gavjum

Loydan mo‘jiza yaratish san’ati

Reklama

Курс валют (ЦБ) на сегодня:

Reklama