![]() |
O‘zb Рус Eng Fra Deu العربية 中文 |
| Siyosat Iqtisodiyot Jamiyat Texnologiyalar Madaniyat Sport Hujjatlar Foto Xorij xabarlari Ob-havo Valyutalar |
|
“Yoz-2010” g‘oliblari aniqlandiO‘zA, B.Aytmurodov, 02.09.2010 18:51 O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika Bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasi Toshkent shahar filiali tomonidan o‘quvchi-yoshlarning yozgi ta’til mavsumini mazmunli o‘tkazish maqsadida tashkil etilgan “Yoz-2010” sport musobaqalari o‘g‘il-qizlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, ularning sportga bo‘lgan qiziqishini oshirishda muhim ahamiyat kasb etdi. Yoz mavsumi davomida o‘tkazilgan musobaqalarda poytaxtimizdagi umuta’lim maktablarida ta’lim olayotgan o‘quvchilar sportning o‘nga yaqin turi bo‘yicha bellashdi. Avgust oyi so‘nggida musobaqaning final bahslari o‘tkazildi. Futbol bo‘yicha 1995-1996 yillarda tug‘ilgan o‘smirlar o‘rtasida Chilonzor tumani jamoasi, 1997-1998 yillarda tug‘ilgan bolalar o‘rtasida Uchtepa tumani o‘quvchilari shohsupaning yuqori pog‘onasidan joy oldi. Shuningdek, chilonzorlik o‘quvchilar basketbol bo‘yicha o‘smirlar va qizlar o‘rtasida o‘tkazilgan bahslarda ham birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi. Kurash bo‘yicha o‘tkazilgan bellashuvlarda Sergeli tumanidan Madamin Xo‘janazarov, Otabek To‘lqinov, Javohir Rustamov, Shohrux Ametov, Doston Mamatqulov, bektemirlik Jumanazar Mahkamov, Tohir Abdurahmonov, Uchtepa tumanidan Farruh To‘lqinov g‘olib deb topildi. Shuningdek, sportning qo‘l to‘pi, shaxmat-shashka, stol tennisi, yengil atletika singari turlari bo‘yicha ham g‘olib va sovrindorlar aniqlandi. So‘nggi yangiliklar: Barkamol avlod – mamlakatimizning mustahkam tayanchi |
Reklama Reklama |
| © O‘zA. Sayt materiallaridan foydalanganda manba ko‘rsatilishi shart.
O‘zA haqida | Mahsulotlar va xizmatlar | Obuna | Bog‘lanish Axborotdan foydalanish shartlari | Saytda reklama joylashtirish |