Sport

Tennischilarimiz keyingi bosqichda

O‘zA, Z.Toshxo‘jayev, 02.09.2010 11:48

AQSHning Nyu-York shahrida dunyoning eng kuchli tennischilari ishtirokida o‘tkazilayotgan “Katta dubulg‘a” turkumiga kiruvchi nufuzli to‘rt musobaqadan biri – AQSH ochiq chempionatida yurtimiz sharafini munosib himoya qilayotgan Denis Istomin va Oqgul Omonmurodova dastlabki bosqichdan muvaffaqiyatli o‘tdi.

“Katta dubulg‘a” turkumidagi musobaqalarda 2006 yildan buyon qatnashib kelayotgan Denis Istomin Nyu-Yorkdagi dastlabki uchrashuvini argentinalik Maksimo Gonsalezga qarshi o‘tkazdi. Hamyurtimiz uchrashuvning dastlabki ikki setida argentinalik tennischining jiddiy qarshiligiga duch keldi. Shunday bo‘lsa-da, raqibini 7:5, 7:5, 6:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratgan mohir tennischimiz ikkinchi davrada turnirning birinchi raqamli tennischisi – ispaniyalik Rafael Nadalga qarshi kortga chiqadi.

AQSH ochiq chempionatining asosiy to‘r bellashuvlariga saralash turniri orqali yo‘l olgan Oqgul Omonmurodova ham bosh sovrin sari yana bir qadam tashladi. Iste’dodli sportchimiz asosiy turning dastlabki bahsida Janubiy Afrika Respublikasidan kelgan Shannel Shipperzdan 6:3, 6:4 hisobida ustun keldi. Oqgul navbatdagi uchrashuvni estoniyalik Kayya Kanenpiga qarshi o‘tkazadi.

So‘nggi yangiliklar:

Barkamol avlod – mamlakatimizning mustahkam tayanchi

Boshlang‘ich tashkilotlarning muhim vazifalari

O‘g‘lonlar xizmatga otlandi

Majmua yoshlar bilan gavjum

Loydan mo‘jiza yaratish san’ati

Reklama

Курс валют (ЦБ) на сегодня:

Reklama