Sport

“Singapur-2010”: uch kumush, olti bronza medal

O'zA, Zohir Toshxo'jayev, 30.08.2010 13:22

O’smirlar o’rtasida o’tkazilgan I Olimpiya o’yinlarida yosh sportchilarimiz uchta kumush va olti bronza, jami to’qqizta medalni qo’lga kiritdi.

Toshkent aeroportida O’zbekiston sport delegatsiyasini tegishli vazirlik va idoralar vakillari, sport jamoatchiligi, ommaviy axborot vositalari xodimlari, muxlislar kutib oldi.

O’smirlar o’rtasida o’tkazilgan I Olimpiya o’yinlarida dunyoning ko’plab mamlakatlaridan uch ming nafardan ziyod 14 yoshdan 18 yoshgacha bo’lgan o’g’il-qizlar sportning 31 turi bo’yicha 184 medallar jamlanmasi uchun o’zaro kuch sinashdi.

Singapur Olimpiadasida mamlakatimiz sharafini badiiy gimnastika, sport gimnastikasi, taekvondo, yengil atletika, dzyudo, boks, stol tennisi, o’q otish, suzish, og’ir atletika, erkin, yunon-rum va xotin-qizlar kurashi bo’yicha 21 nafar iste’dodli sportchi himoya qildi. Ular Vatanimiz mustaqilligining 19 yillik shodiyonasiga munosib sovg’a hozirladilar. Olimpiyachilarimizdan uch nafari – yunon-rum kurashchisi Nurbek Haqqulov, dzyudochi Mansur Mo’minxo’jayev hamda bokschi Ahmadjon Mamajonov kumush medalni qo’lga kiritdi.

Iste’dodli polvonimiz Mansur Mo’minxo’jayev musobaqaning so’nggi kunida dzyudo bo’yicha o’tkazilgan jamoaviy bellashuvlarda uchinchi o’rinni egalladi va terma jamoamiz hisobiga yana bitta bronza medal qo’shdi. Yunon-rum kurashchisi Ruslan Komilov, erkin kurashchi Diyorbek Ergashev, xotin-qizlar kurashi bo’yicha Nilufar Gadoyeva, bokschilardan Sardorbek Begaliyev va Zohidjon Hurboyev ham Olimpiadaning bronza medali sohibi bo’ldi.

– Biz tarixiy musobaqa – o’smirlar o’rtasidagi I Olimpiya o’yinlaridagi erishgan g’alabalarimizni mamlakatimiz mustaqilligining 19 yillik bayramiga bag’ishlaymiz, – deydi Olimpiya o’yinlari sovrindori M.Mo’minxo’jayev.

So‘nggi yangiliklar:

Barkamol avlod – mamlakatimizning mustahkam tayanchi

Boshlang‘ich tashkilotlarning muhim vazifalari

O‘g‘lonlar xizmatga otlandi

Majmua yoshlar bilan gavjum

Loydan mo‘jiza yaratish san’ati

Reklama

Курс валют (ЦБ) на сегодня:

Reklama