![]() |
O‘zb Рус Eng Fra Deu العربية 中文 |
| Siyosat Iqtisodiyot Jamiyat Texnologiyalar Madaniyat Sport Hujjatlar Foto Xorij xabarlari Ob-havo Valyutalar |
|
Sport xabarlariO‘zA, 29.08.2010 17:09 BOKS. Rossiyada o‘tkazilgan xalqaro turnirda o‘n besh mamlakatdan 100 nafardan ziyod bokschi o‘n bir vazn toifasida g‘oliblik uchun kuch sinashdi. Musobaqada qatnashgan hamyurtlarimiz – Alisher Mahmudov va Bobur Aytboyev kumush, Shohruh Isoqov va O‘ktam Rahmonov bronza medalni qo‘lga kiritdi. * * *YENGIL ATLETIKA. Fransiyada dunyoning eng kuchli yengil atletikachilari ishtirokida o‘tkazilgan “Meeting Lille-Metropol” xalqaro turnirida yurtimiz sharafini himoya qilgan Svetlana Radzivil balandlikka sakrash bellashuvlarida 1 metr 88 santimetr natija bilan g‘olib bo‘ldi. * * *FUTBOL. O‘zbekiston XIX milliy chempionatining oliy ligasida o‘n sakkizinchi turning so‘nggi uchrashuvi o‘tkazildi. Yuqori o‘rinlar uchun kurashayotgan G‘uzorning “Sho‘rtan” jamoasi o‘z maydonida chempionat autsayderi – “Xorazm” (Urganch) futbolchilarini qabul qilib, 4:1 hisobida zafar quchdi. “Sho‘rtan” jami 31 ochko bilan musobaqa jadvalining to‘rtinchi pog‘onasida. So‘nggi yangiliklar: Boshlang‘ich tashkilotlarning muhim vazifalari |
Reklama Reklama |
| © O‘zA. Sayt materiallaridan foydalanganda manba ko‘rsatilishi shart.
O‘zA haqida | Mahsulotlar va xizmatlar | Obuna | Bog‘lanish Axborotdan foydalanish shartlari | Saytda reklama joylashtirish |