Sport

Sportchimiz qo‘sh medal sohibi

O‘zA, B.Aytmurodov, 29.08.2010 14:59

Hindistonning Dehli shahrida armrestling bo‘yicha o‘tkazilgan Osiyo chempionatida hamyurtlarimiz sakkizta medalni qo‘lga kiritdi.

Vazni 60 kilogrammgacha bo‘lgan sportchilar o‘rtasida o‘ng qo‘lda o‘tkazilgan bellashuvlarda yurtdoshimiz Eldor Hotamqulov oltin medalga sazovor bo‘ldi. Chap qo‘lda o‘tkazilgan bahslarda esa kumush medalni qo‘lga kiritdi.

Shuningdek, o‘z vazn toifasida Sherzod Rahmonov ikkita kumush medal bilan taqdirlangan bo‘lsa, Mirabdulla Mirkarimov bittadan kumush va bronza medalga egalik qildi. Islombek Ergashev va Farrux Asqarovga bittadan kumush medal nasib etdi.

So‘nggi yangiliklar:

Boshlang‘ich tashkilotlarning muhim vazifalari

O‘g‘lonlar xizmatga otlandi

Majmua yoshlar bilan gavjum

Loydan mo‘jiza yaratish san’ati

San’atsevar bolalar

Reklama

Курс валют (ЦБ) на сегодня:

Reklama