Sport

"Paxtakorning"ning kutilmagan mag'lubiyati

O‘zA, Z.Toshxo‘jayev, 27.08.2010 17:46

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston XIX milliy chempionati oliy ligasining o‘n sakkizinchi turidan so‘ng Toshkentning “Bunyodkor” jamoasi yana chempionlikka erishish uchun yaxshi imkoniyatga ega bo‘ldi.

Mazkur turda “Paxtakor” Bekobodda “Metallurg”dan 1:3 hisobida mag‘lubiyatga uchradi. Mezbon jamoaga g‘alaba keltirgan gollarga Zohid Abdullayev, Ruslan Vagapov va Dilmurod Karimov mualliflik qilgan bo‘lsa, javob to‘pini Alisher Azizov kiritdi. Uch yildan buyon Bekoboddagi uchrashuvlardan g‘alabasiz qaytayotgan “Paxtakor”chilar endi “Bunyodkor”dan sakkiz ochkoga ortda qolmoqda.
“Bunyodkor” esa “Navbahor” (Namangan) ustidan 2:0 hisobida g‘alaba qozonib, chempionlik sari yana bir qadam tashladi. Viktor Karpenko va Temur Kopadze gol urdi.

Turning eng keskin va murosasiz uchrashuvi Farg‘onada “Neftchi” va Samarqandning “Dinamo” jamoasi o‘rtasida bo‘ldi. Birinchi bo‘limda mehmonlardan Ja’far Irismetov va Erkin Boydullayev farg‘onaliklar darvozasini ishg‘ol qildi. Lekin o‘yinning ikkinchi yarmida hujumga zo‘r bergan Yuriy Sarkisyan shogirdlari Anvar Berdiyev, Mansur Saidov va Sanjar Asqariliyev gollari evaziga 3:2 hisobida g‘alaba qozondi.

Qolgan uchrashuvlarda quyidagi natijalar qayd etildi: “Andijon” (Andijon) – “Qizilqum” (Zarafshon) 2:1, “Lokomotiv” (Toshkent) – “Mash’al” (Muborak) 0:2, “Nasaf” (Qarshi) – “Olmaliq” (Olmaliq) 4:0.

So‘nggi yangiliklar:

Boshlang‘ich tashkilotlarning muhim vazifalari

O‘g‘lonlar xizmatga otlandi

Majmua yoshlar bilan gavjum

Loydan mo‘jiza yaratish san’ati

San’atsevar bolalar

Reklama

Курс валют (ЦБ) на сегодня:

Reklama