![]() |
O‘zb Рус Eng Fra Deu العربية 中文 |
| Siyosat Iqtisodiyot Jamiyat Texnologiyalar Madaniyat Sport Hujjatlar Foto Xorij xabarlari Ob-havo Valyutalar |
|
Mahorat sinoviO‘zA, SH.Xudoyberganov, 27.08.2010 14:56 “Barkamol avlod yili” Davlat dasturi doirasida Xorazm viloyati umumta’lim maktablari o‘quvchilari o‘rtasida “Ta’til-2010” sport musobaqasi bo‘lib o‘tdi. O‘quvchi-yoshlarni sportga keng jalb etish, iqtidorli o‘g‘il-qizlarni katta sport sari rag‘batlantirish maqsadida tashkil etilgan mazkur musobaqada shahar va tumanlardan 800 nafardan ziyod ishtirokchi o‘nga yaqin sport turi bo‘yicha o‘z mahoratini namoyish etdi. Qizg‘in va murosasiz kechgan bahslar yakuniga ko‘ra, Shovot tumani yosh sportchilari kurash, yengil atletika, qo‘l to‘pi va shashka, Urganch shahri vakillari basketbol, stol tennisi, Qo‘shko‘pir tumani yoshlari voleybol, Hazorasp tumani jamoasi esa mini futbol yo‘nalishida g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. – Yengil atletika bilan bolaligimdan shug‘ullanaman, – deydi Shovot tumani 29-maktab o‘quvchisi Kumush Matyoqubova. – Bugungi bahslarda ma’lum masofaga koptok uloqtirish va yugurish bo‘yicha birinchi o‘rinni egalladim. Ushbu musobaqa biz uchun haqiqiy mahorat sinovi bo‘ldi. So‘nggi yangiliklar: Barkamol avlod – mamlakatimizning mustahkam tayanchi |
Reklama Reklama |
| © O‘zA. Sayt materiallaridan foydalanganda manba ko‘rsatilishi shart.
O‘zA haqida | Mahsulotlar va xizmatlar | Obuna | Bog‘lanish Axborotdan foydalanish shartlari | Saytda reklama joylashtirish |