Sport

Shaxmatchimiz – bosh sovrin sohibi

O‘zA, Zohir Toshxo‘jayev, 27.08.2010 11:57

Filippin poytaxti Manila shahrida davom etayogan “Prospero Pichay Cup” xalqaro shaxmat turnirida o‘zbekistonlik grossmeyster Anton Filippov bosh sovrin sohibi bo‘ldi.

Hamyurtimiz to‘qqiz partiya o‘yindan beshtasida raqiblarini mot qildi, to‘rt uchrashuvda durangga rozi bo‘ldi. Anton dastlabki bahsda Erondan kelgan shaxmatchi ayol Atousa Purkashiyondan ustun keldi. Shuningdek, filippinlik shaxmatchilar – Olivera Demakiling, Yason Gonsales, Jon Paul Gomes, David Elorta ham o‘zbekistonlik grossmeysterning g‘alabasini tan oldi. Qozog‘istonlik Murtas Kojgaleyev, gruziyalik Tamaz Gelashvili, Merab Gagunashvili hamda eronlik Ehson Magamiga qarshi o‘yinlarda kuchlar teng keldi.

To‘qqiz imkoniyatdan yetti ochko jamg‘argan Anton Filippov asosiy ta’qibchilari – Murtas Kojgaleyev va Tamaz Gelashvilini yarim ochkoga ortda qoldirib, xalqaro turnir g‘olibi bo‘ldi.

So‘nggi yangiliklar:

Boshlang‘ich tashkilotlarning muhim vazifalari

O‘g‘lonlar xizmatga otlandi

Majmua yoshlar bilan gavjum

Loydan mo‘jiza yaratish san’ati

San’atsevar bolalar

Reklama

Курс валют (ЦБ) на сегодня:

Reklama