Sport

Peshqadamlar g‘alaba qozondi

O‘zA, Zohir Toshxo‘jayev, 27.08.2010 11:49

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston XIX milliy chempionati birinchi ligasida ikkinchi bosqich bellashuvlarida peshqadamlik qilayotgan “Buxoro” va “So‘g‘diyona” jamoalari oliy ligaga beriladigan bir juft yo‘llanma uchun da’vogarlik qilmoqda.

Mazkur jamoalar ikkinchi bosqichning to‘rtinchi tur uchrashuvlarida ham raqiblarini mag‘lubiyatga uchratib, musobaqa jadvalidagi mavqeini yanada mustahkamladi. Birinchi pog‘onani egallab turgan “Buxoro”futbolchilari bu gal o‘z maydonida Toshkentning “Oqtepa” jamoasini qabul qildi. O‘yinda to‘liq ustunlik qilgan buxoroliklar A.Jo‘rayev va D.Narzullayev gollari evaziga 2:0 hisobida zafar quchib, ochkolar sonini qirq to‘rttaga yetkazdi.

O‘ttiz besh ochko bilan ikkinchi o‘rinda turgan “So‘g‘diyona” Jizzaxda o‘tkazilgan uchrashuvda eng yaqin ta’qibchisi – “Lokomotiv-BFK” (Toshkent) futbolchilarini 1:0 hisobida dog‘da qoldirdi. Mezbonlarga navbatdagi uch ochkoni keltirgan yagona gol A.Abdurahmonov hisobiga yozildi.

To‘rtinchi turning qolgan uchrashuvlarida quyidagi natijalar qayd etildi: “Mash’al-Akademiya” (Muborak) – “NBU-Osiyo” (Toshkent) 4:1, “Sho‘rchi-Lochin” (Sho‘rchi) – “Spartak” (Toshkent) 1:1, “Xiva” (Xiva) – “Imkon-Oltiariq” (Oltiariq) 4:2, “Guliston” (Guliston) – “Do‘rmon-Sport” (Qibray) 3:1, “Dinamo-G‘allakor” (G‘allaorol) – “Kosonsoy” (Kosonsoy) 4:0, “Zarafshon-NSZ” (Navoiy) – “Chust-Paxtakor” (Chust) 5:2.

So‘nggi yangiliklar:

Barkamol avlod – mamlakatimizning mustahkam tayanchi

Boshlang‘ich tashkilotlarning muhim vazifalari

O‘g‘lonlar xizmatga otlandi

Majmua yoshlar bilan gavjum

Loydan mo‘jiza yaratish san’ati

Reklama

Курс валют (ЦБ) на сегодня:

Reklama