Sport

Tennischilarimiz muvaffaqiyati

O‘zA, B.Aytmurodov, 26.08.2010 20:07

AQSHning Nyu-Xeyven shahrida dunyoning eng kuchli tennischilari ishtirokida o‘tkazilayotgan “Pilot Pen Tennis at Yalle” xalqaro turnirida hamyurtimiz Denis Istomin chorak finalga yo‘l oldi.

O‘zbekistonlik tennischi musobaqaning uchinchi bosqichida slovakiyalik Lukash Latskoga qarshi kortga chiqib, 6:2, 2:6, 6:3 hisobida g‘alaba qozondi. Endi hamyurtimiz yarim final yo‘llanmasi uchun rossiyalik Teymuraz Gabashviliga qarshi o‘ynaydi.

D.Istomin turnirning juftlik bahslarida qozog‘istonlik Andrey Golubev bilan hamkorlikda germaniyalik tennischilar – Maykl Berrer va Florian Mayerni 6:4, 2:6, 10:8 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.

Yana bir tajribali tennischimiz Vadim Kutsenko Rossiyaning Sochi shahrida davom etayotgan “Fyuchers” turkumidagi xalqaro turnirda mezbonlar vakili Ervand Gasparyan bilan birga bosh sovringa da’vogarlik qilmoqda. Turnir davomida mazkur juftlik mezbon tennischilar – Aleksey Filenkov va Stanislav Vovkni 6:4, 6:4, Araik Arutunyan va Andemir Karanashevni 6:2, 6:4 hisobida dog‘da qoldirib, yarim finalga yo‘l oldi.

So‘nggi yangiliklar:

Barkamol avlod – mamlakatimizning mustahkam tayanchi

Boshlang‘ich tashkilotlarning muhim vazifalari

O‘g‘lonlar xizmatga otlandi

Majmua yoshlar bilan gavjum

Loydan mo‘jiza yaratish san’ati

Reklama

Курс валют (ЦБ) на сегодня:

Reklama