Sport

Shaxmat turniri qizg‘in pallada

O‘zA, B.Aytmurodov, 25.08.2010 17:01

Poytaxtimizda mustaqilligimizning 19 yilligiga bag‘ishlab o‘tkazilayotgan bolalar shaxmat turnirida 150 nafarga yaqin o‘g‘il-qiz ikki guruhga bo‘lingan holda sovrinli o‘rinlar uchun kurashmoqda.

Musobaqa qoidasiga ko‘ra, “A” guruhidagi bellashuvlarda respublika reytingiga ega 74 nafar sportchi o‘zaro dona surmoqda. O‘tkazilgan oltita tur natijasiga ko‘ra, Saidakbar Saydaliyev besh yarim ochko to‘plab, guruhda peshqadamlik qilayotir. U Odil Nazarov, Shuhrat Habibullayev, Artyom Grigoryev, Adel Rahmon, Shavarsh Badalyanni mag‘lubiyatga uchratib, Nodirbek Yoqubboyev bilan durang o‘ynadi. Yettinchi turda S.Saydaliyev guruhda besh yarim ochko bilan ikkinchi o‘rinda borayotgan Aram Kasparov bilan kuch sinashadi.

“V” guruhidagi bahslarda Muxlisa Sanaqulova biror marta ham mag‘lubiyatga uchramadi. Iste’dodli shaxmatchi ketma-ket Shahin Uvays, Elvira Aktirina, Ruben Arushanov, Yuliya Xegay, Saidamir Tohirxo‘jayev va Kamol Mirzayevni yengib, olti ochko to‘pladi. Yettinchi turda M.Sanaqulova Sherzod Toirovga qarshi dona suradi.

So‘nggi yangiliklar:

Boshlang‘ich tashkilotlarning muhim vazifalari

O‘g‘lonlar xizmatga otlandi

Majmua yoshlar bilan gavjum

Loydan mo‘jiza yaratish san’ati

San’atsevar bolalar

Reklama

Курс валют (ЦБ) на сегодня:

Reklama