![]() |
O‘zb Рус Eng Fra Deu العربية 中文 |
| Siyosat Iqtisodiyot Jamiyat Texnologiyalar Madaniyat Sport Hujjatlar Foto Xorij xabarlari Ob-havo Valyutalar |
|
Shaxmatchimiz peshqadamO‘zA, Z.Toshxo‘jayev, 25.08.2010 16:48 Filippin poytaxti Manila shahrida shaxmat bo‘yicha ellik nafarga yaqin shaxmatchi ishtirokida o‘tkazilayotgan “Prospero Pichay Cup” xalqaro turnirida o‘zbekistonlik grossmeyster Anton Filippov yetakchilik qilmoqda. Xalqaro turnirning dastlabki turida eronlik shaxmatchi ayol Atousa Purkashiyondan ustun kelib, peshqadamlikni o‘z qo‘liga olgan A.Filippov qolgan barcha uchrashuvlarni bosh sovringa da’vogarlik qilayotgan kuchli raqiblarga qarshi o‘tkazmoqda. Olti uchrashuvda dona surgan hamyurtimiz filippinlik shaxmatchilar – Olivera Demakiling, Yason Gonsales, Jon Paul Gomesni mot qildi, qozog‘istonlik Murtas Kojgaleyev va gruziyalik Tamaz Gelashvili bilan durang o‘ynadi. Hozircha, olti imkoniyatdan besh ochko jamg‘argan holda musobaqa jadvalida birinchi o‘rinda borayotgan Anton Filippov yettinchi turda asosiy raqobatchilardan biri – gruziyalik grossmeyster Merab Gagunashviliga qarshi qora donalarda o‘ynaydi. So‘nggi yangiliklar: Boshlang‘ich tashkilotlarning muhim vazifalari |
Reklama Reklama |
| © O‘zA. Sayt materiallaridan foydalanganda manba ko‘rsatilishi shart.
O‘zA haqida | Mahsulotlar va xizmatlar | Obuna | Bog‘lanish Axborotdan foydalanish shartlari | Saytda reklama joylashtirish |