![]() |
O‘zb Рус Eng Fra Deu العربية 中文 |
| Siyosat Iqtisodiyot Jamiyat Texnologiyalar Madaniyat Sport Hujjatlar Foto Xorij xabarlari Ob-havo Valyutalar |
|
Shaxmatchimiz sovrinli o‘ringa da’vogarO‘zA, Zohir Toshxo‘jayev, 31.07.2010 13:55 Ispaniyaning Sitjes shahrida bir yuz yigirma nafardan ziyod shaxmatchi ishtirok etayotgan “Vila de Sitges” xalqaro shaxmat turnirida hamyurtimiz Aleksey Barsov sovrinli o‘rinlarga da’vogarlik qilmoqda. O‘zbekistonlik grossmeyster sakkiz turdan so‘ng olti ochko bilan to‘rtinchi o‘rinda bormoqda. A.Barsov turnir davomida mezbon shaxmatchilar Sarto Ramos Angel, Layola Oriol, Yenrike Fernandes, chililik Luiz Roxas, kubalik Aryan Perez Gonsalesni mag‘lubiyatga uchratib, ikki kuchli grossmeyster – meksikalik Xose Garsiya Gonsales va armanistonlik Karen Movsesyan bilan durang o‘ynadi. Aleksey Barsov to‘qqizinchi turda germaniyalik Markus Lammersga qarshi oq donalarda o‘ynaydi. So‘nggi yangiliklar: To‘kinlik, farovonlik va baraka omili Xolisona tahlil va tanqid ruhida |
Reklama Reklama |
| © O‘zA. Sayt materiallaridan foydalanganda manba ko‘rsatilishi shart.
O‘zA haqida | Mahsulotlar va xizmatlar | Obuna | Bog‘lanish Axborotdan foydalanish shartlari | Saytda reklama joylashtirish |